Edward A. Lee

Edward A. Lee U.C. Berkeleyning Elektrik Muhandislik va Kompyuter Fanlari (EECS) bo’limi Robert S. Pepper Atoqli Professori. Uning tadqiqotlari asosan dizayn, modellashtirish, o’rnatilingan tahlillar, real vaqt hisoblash tizimlari. U to’qqiz-universitet TerraSwarm Tadqiqot Markazi (http://terraswarm.org) direktori, Chess direktori, Gibrid va O’rnatilingan Dasturlar Tizimi uchun Berkeley Markazi direktori, hamda Berkeley Ptolemy loyihasi direktori. 2005-2008 yillarida, u UC Berkeleyda EE bo’limi boshlig’I va so’ng EECS bo’limi boshlig’i sifatida ish yuritgan. U to’qqiz kitob va bir qancha ilmiy maqolalarga hammuallifdir. U bir qancha ochiq-kodli dasturiy ta’minot paketlarini yurg’izgan, misol uchun Ptolemy va uning bir qancha bo’limlarini. U Yale Universiteti tomonidan, New Haven, CT, B.S. unvonini, 1979-yilda Massachusetts Texnologiya Instituti, Kembridj Universiteti (Massachusetts Institute of Technology (MIT), Cambridge) tomonlaridan S.M. unvonini, 1981-yilda Berkeleydagi Berkeley Kaliforniya Universiteti (University of California Berkeley) tomonidan EECS doktori (Ph.D.) unvonini olgan. New Jersey, Holmdeldagi Bell Telefon Labaratoriyalarida (Bell Telephone Laboratories), Ilg’or Ma’lumotlarni Aloqa Laboratoriyasida (Advanced Data Communications Laboratory) 1979dan 1982gacha u texnik xodim a’zosi bo’lgan. U BDTI, Inc.ning asoschilaridan bo’lib, u hozirgi kunda Katta Texnik maslahatchi bo’lgan holda, boshqa bir muncha kompaniyalarga ham maslahatlar berib kelgan. U IEEEning xodimi, Prezident Yosh tadqiqotchi (NSF Presidential Young Investigator) bo’lgan va 1997-yilda Muhandislikda Ta’lib Bergani uchun Frederick Emmons Terman Award bilan taqdirlangan.

 

Professor Leening tadqiqot guruhi dasturiy ta’minot va tarmoqlarni fizika dinamikasi bilan integratsiya qilishdagi kiber-fizika tizimlarini o’rganadilar. Xususan, uning guruhi vaqt va bir vaqtda hisoblash modellari, model dezayni va tahlili, ma’lum-domen tillar, real vaqtda hisoblash arxitekturalari, jadval tahlillari va taqsimlangan real vaqt tizimlarini modellashtirish va dasturlarini tuzish sohalariga juda katta hissalarini qo’shishgan. Uning guruhi parallel va taqsimlangan hisoblashga qo’shilgan, xususan real vaqtda taqsimlash va hisoblash, bo’lishlar va rejalashtirish usullari, xatoga bag’rikenglik va to’g’irlashni yozib boradigan usullari, ma’lumotlarni hisoblash chizmalari va sensor tarmoqlarini chizmalari. Uning guruhining eng asosiy ishlaridan vaqt va bir vaqtda tizimlari semantikasi hisoblanadi, xususan, domen polimorfizm, harakat turi tizimlari, semantik modellashtirish va hisoblashning qiyosiy modellari. Uning guruhi aralash hisoblashni uzluksiz dinamika va gibrid tizimlari bilan birga ilmiy ishlarni amalga oshirishgan. Professor Leening o’zi signalni qayta ishlash va fizika-qatlami aloqa tizimlari bo’yicha katta tajribaga ega va bu sohada besh kitobning, hamda 4 ta o’rnatilingan tizimlar texnologiyalari kitoblarining hammuallifidir.

 

Manba: http://ptolemy.eecs.berkeley.edu/~eal/biog.html